MY DREAM
SCHOOL
O'quvchilar orzusidagi xalqaro xususiy maktab
Ma'lumot olish
Tarix va missiya
Maktabimiz 2024-2025-o‘quv yilida ish boshlagan bo‘lib, o‘quvchilarimiz mentalniy arifmetika va ingliz tili bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Boshlang‘ich sinflardan mentalniy arifmetika va robototexnika fanlari o‘qitilishi o‘quvchilarning mantiqiy-fikrlash, texnologik va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlaydi. Psixologik qo‘llab-quvvatlash ularga o‘ziga ishonchni mustahkamlashda yordam beradi. Kelajakda biz o‘quvchilarning akademik hamda shaxsiy muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltirishni maqsad qilganmiz.
Founder

"Bizning maqsadimiz — o‘zbek yoshlari uchun bilim olishni dunyo miqyosida muvaffaqiyatga erishishning asosiy kalitiga aylantirishdir.

My Dream School yoshlarga yuqori intellektual va ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali ularga global maydonda yetakchi bo‘lish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, biz ularning o‘z oilalarining moliyaviy ahvolini yaxshilashga va chet elda qiynalib ishlayotgan yaqinlarini vatanga qaytarishga hissa qo‘shadigan avlodni tarbiyalaymiz.

Bizning maktabimizdan yetishib chiqqan yoshlar dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartiradigan va global liderlik pozitsiyalarini egallaydigan shaxslar bo‘lishadi."
My Dream School asoschisi
Saida Yusupova

Natijalar
Maktabimiz ochilgandan buyon hali to‘rt oy ham bo‘lmasdan, faol o‘qituvchilarimiz o‘quvchilarni yuqori natijalarga olib chiqishdi. 1-4-sinf o‘quvchilarimiz ingliz tili, matematika, mental arifmetika va gimnastikada birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritib, chet elga yo‘llanmalar oldilar. Qozog‘istonda o‘tkazilgan fan olimpiadasida My Dream School boshlang‘ich sinflari g‘olib bo‘lishdi, Toshkent shahar xalqaro olimpiadasida ham birinchi o‘rinlarni egallashdi.
5-11-sinf o‘quvchilarimiz matematika, ingliz tili olimpiadalarida kuboklar va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, biznes fanidan Toshkent shahar bosqichida pul mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. Gimnastika va shaxmat bo‘yicha ham eng yuqori o‘rinlarni zabt etishdi. 🤩💯
Bizning oilamiz
Eng aqlli odamlar har kuni eng yaxshi xizmatni taqdim etish va mijozlarimizni xursand qilish uchun ishlaydilar.
  • Timur Baxodirovich
    11 yillik tajribaga ega SAT | GMAT | GRE | EGE | Matematika | Ingliz tili | bo’yicha Instruktor! C1 daraja sohibi! SAT Instruktor.
  • Xudayberdi Kalandarov
    Robototexnika va dasturlash tillaridan MySQL, Java, Python, HTML, CSS boʻyicha sertifikatlarga ega mutaxasis
  • Surayyo Abduraxmonova
    Ma’naviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
  • Guljahon Saparbayeva
    Mental Arifmetika fani mutaxassisi
  • Mohida Allambergenova
    Moliya bo'limi boshlig'i
  • Hilala Allaniyazova
    Ingliz tili o'qituvchisi
Ta'lim dasturi
My dream school xususiy maktabi majburiy darslar va ixtiyoriy mashg‘ulotlar to‘plamini taklif etadi.
Asosiy dastur
Ta’lim jarayoniga asosiy dastur hamda o‘quvchilar tanlagan sinf yo‘nalishi kiritilgan.
Qo'shimcha darslar
Dastur asosiy ta'lim dasturiga kirmagan, ammo sinfdan tashqari faoliyatlarga asoslanadi
Yozgi oromgoh
Har yili o‘quvchilar ustozlari bilan birgalikda Toshkentdagi yozgi lagerga borishadi. Bu bepul bo‘lib, barcha o‘quvchilar uchun maktab dasturiga kiritilgan.
Masofaviy ta’lim
Maktabimizda o‘quvchi maktabga qatnash imkoniga ega bo‘lmagan hollarda sirtqi ta’lim xizmati taklif etiladi. Ta’lim jarayoni maktabdagi dastur bilan bir xil asosda olib boriladi.
Hali ochilganimizga ko'p bo'lmasdan 10 nafar bitiruvchimiz nufuzli kollejlar safiga qabul qilindi.
Har bir sinfda 10–15 nafar o‘quvchi bo‘ladi. O‘qituvchi barcha o‘quvchilarga alohida e’tibor qaratadi.
Maktabimiz har yili 350 dan ortiq o‘quvchi kelib, ta’lim olish sig'imiga ega.
Savollaringiz bormi?
Biz ota-onalardan eng koʻp soʻraladigan savollarni jamladik. Siz maktabga qabul qilish tartibi, dars jadvali, maktabning moddiy-texnik taʼminoti va boshqa muhim savollar haqida bilib olasiz.
  • Go'zal:
    Qanday qilib maktabga kirish mumkin?
    Maktab:
    Ota-onalar va kelajakdagi o‘quvchilar maktabga intervyuga kelishlari kerak. Bolaga qisqa test topshiriladi, uning asosida biz maktabga qabul qilish qarorini qabul qilamiz.
  • Guli:
    Qaysi hujjatlar kerak?
    Maktab:
    Ota-onalarga pasport, bolaga esa tug‘ilish guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa, emlashlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kerak bo‘ladi.
  • Said:
    Mening qizim 5 yoshda. U o‘qishni boshlashi mumkinmi?
    Maktab:
    U intervyu va testdan o‘tishi mumkin. Ammo, bizning maktabda ta’lim bolalar 6 yoshdan boshlab boshlanadi.
My dream school xususiy maktabi

Qoraqalpog'iston, Beruniy tumani
mydreamschooluz@gmail.com
+998971609800
© 2025 My dream school xususiy maktabi
This site was made on Tilda — a website builder that helps to create a website without any code
Create a website